Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushmalari kuni keng nishonlanmoqda.

   11-noyabr –O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining Qashqadaryo viloyati Kengashida 2023 yilning 8-noyabr sanasida Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilatgan yosh xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.O‘tkazilgan musobaqada sportning shaxmat turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi Ko‘kdala tumani 6-maktab o‘qituvchisi Pardaeva Dilshoda Samatovna, 2-o‘rinni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi a’zosi Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi hamshirasi Tursunova Shoxida, 3-o‘rinni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJ ishchi xodimi Qo‘zieva Xurshida egalladilar.Erkaklar o‘rtasida sportning  shaxmat turi bo‘yicha 1-o‘rinni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi a’zosi “O‘zneftgazburg‘ulash ishlari” MChJ bosh mutaxassisi Rajabov Alisher Rafiqovich, 2-o‘rinni O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimi Ravshanov Zafar, 3-o‘rinni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi Kitob tumani 94-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Nazarov Sherzod Baxriddinovich egalladilar.Ushbu musobaqada sportning shashka turi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi Qarshi tumani 65-maktab o‘qituvchisi Berdieva Dilnora Shoymardonovna, 2-o‘rinni O‘zbekiston  transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi a’zosi Qarshi muntazam yo‘llardan foydalanish korxonasi ishchi xodimi Ziyatova Gulmira, 3-o‘rinni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashi ishchi xodimi Raxmatullaeva Nargiza egalladi.Sportning shashka turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi G‘uzor tumani 34-maktab o‘qituvchisi Saydullaev To‘lqin Abdurahim o‘g‘li, 2-o‘rinni O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi a’zosi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti xodimi Shoymardonov Olmosbek Alimardon o‘g‘li,3-o‘rinni  O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining a’zosi Qarshi tumani 39-maktab o‘qituvchisi Berdiev Shoyimardon egalladilar.G‘oliblar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qashqadaryo viloyati Kengashining 1,2,3-darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!