Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

“Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamada

        Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish belgilangan edi.

Avvallari, qonun qabul qilingach, targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda qonun loyihalari ishlab chiqilgandan keyin keng jamoatchilik bilan muhokama etilib, ularning fikrlari va takliflari bilan to‘ldirib borilmoqda.

“Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ommaviy axborot vositlari hamda joylarda muhokamalar o‘tkazish orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilmoqda. Hozirgi kunga qadar viloyat bo‘yicha 100 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda qonun loyihasi muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish, davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan yig‘ilish va               davra suhbatlarida qonun loyihasi bo‘yicha 40 dan ortiq takliflar bildirildi.

Ushbu qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad jamoatchilik munosabatlari sohasida fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish xuquqini amalga oshirishni, kasaba uyushmalarini tuzish va faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va kafolatlarining ta’minlashni, kasaba uyushmalarining ish beruvchilar sifatida faoliyat yurituvchi, mulchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalar, davlat, nodavlat, shu bilan birga xorijiy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan munosabatlarini, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari bo‘yicha xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirishda kasaba uyushmalarining ishtirokini tartibga solishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida joriy yilning 12 avgust kuni “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, shahar va tuman kengashlari, birlashgan va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari bilan birga hamkor tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdilar.

Tadbirni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabovich kirish so‘zi bilan ochdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparatining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Karimova Nodira Bahodirjonovna “Yangi tahrirdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida” ma’ruza                 qildi.

Tadbir dasturiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi  deputati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Norboyev Tursunpo‘lat Yusupovich “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida” o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir savol-javob va munozara tarzida tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan taklif hamda mulohazalar bildirildi. Berilgan savollarga javoblar

Tadbirda 150 nafardan ortiq kasaba uyushma faollari qatnashdi.

Yangi tahrirdagi Qonun loyihasining muhokamasi viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!