Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP-2019” Xalqaro forumi

       O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan joriy yilning 22-28 iyun kunlari Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP-2019” Toshkent Xalqaro forumi tashkil etildi.

Mazkur Xalqaro forumda ko‘plab xorijiy mehmonlar, jumladan, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi, 20 ga yaqin xorijiy davlatlar kasaba uyushmalari markazlarining yuqori martabali rahbarlari hamda yosh faollari, ko‘zga ko‘ringan xorijiy ekspertlar ishtirok etdilar.

Xalqaro forumda Belarus kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Orda, Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Aleksandr SHershukov, Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Kanaye Tada, Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi milliy kotibi Chjan Maoxua, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Q.Rafikov, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.Kudbiyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Kuranboyevlar ishtirok etishdi.

Forum doirasida 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan 117 nafar faol kasaba uyushma yoshlari ishtirokida “Mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishda kasaba uyushmalari yoshlarining o‘rni: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya, “Davlat va kasaba uyushmalarining yoshlarga oid siyosati ustuvorliklarini uyg‘unlashtirish” mavzusidagi Davra suhbati tashkil etildi.

Xalqaro konferensiyaning asosiy tezislari uchta alohida seksiyalarga bo‘lingan holda muhokama qilindi, unda brifinglar, psixologik treninglar, mahorat darslari tashkil etildi va o‘zaro tajriba almashildi, kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda takliflar tayyorlandi.

Forumning madaniy qismida ishtirokchilar O‘zbekistonning mashhur sportchilari jahon, olimpiya chempionlari bilan uchrashishdi hamda do‘stlik sport musobaqalari tashkil etildi. Mehmonlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani manzaralarini tomosha qilish uchun ekskursiyaga chiqishdi.

Sayohatdan so‘ng o‘zbek milliy taomlari tayyorlanishi va ularning namoyishi bo‘yicha “Plov-party” tashkil etildi. Shundan so‘ng tadbirlar konsert dasturlariga o‘lanib ketdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!