Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

KASABA UYUSHMANING YANGI A’ZOLARI QANDAY KAYFIYATDA?

      Vatan tinchligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan Ichki ishlar xodimlarining mehnati mashaqqatini tasavvur qilish qiyin emas. Ular o‘z oromi, tinchi, huzur-halovati, kerak bo‘lsa jonidan kechib, jinoyatchilikka qarshi kurashishadi,  jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shadilar.

Rosti, so‘nggi yillarga qadar kasaba uyushmalari tomonidan Ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari to‘laligicha ifoda qilinmasdi.

2017 yilning 28 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Tarmoq kelishuvi imzolandi va vazirlik tizimida ishlovchi maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlar uchun ham qator imtiyoz va kafolatlar belgilandi.

Joriy yilning 5-15 yanvar kunlarida esa viloyat bo‘yicha ichki ishlar organlari maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlari hamda ishchi- xizmatchilarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tizimda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tuzildi.

Voqealar rivojida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarining salohiyatini yuksaltirish va harakat birligini mustahkamlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi ham tashkil etildi.

Xo‘sh, ushbu Tarmoq kelishuvi yoki kasaba uyushmalari ichki ishlar vazirligi tizimida ishlovchi xodimlar va ishchi-xizmatchilarga qanday imtiyozlar beradi?

Imtiyozlar ko‘p. Masadan, xodimlar, ularning oila a’zolari, farzandlarini dam oldirish va davolanishlari uchun imtiyozli yo‘llanmalar ajratilishi bo‘yicha qator ibratli ishlar boshlanib ketdi.

 25 ta tog‘li hududda joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, 4 ta davolash muassasasi, bir qancha dam olish maskanlarida ichki ishlar xodimlari va ularning oila a’zolari sog‘ligini mustahkamlashmoqda.

Kam ta’minlangan, ehtiyojmand xodimlarga moddiy yordam berish, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan faxriylarga, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ham kasaba uyushmalari faoliyatining muhim yo‘nalishlariga kiradi.

Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun o‘quv qurollari xarid qilish, ularni mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlarini tashkil etish, shuningdek, yuqori tashkilotlar tavsiyasiga asosan yil davomida ma’lum yutuqlarga erishgan xodimlarga kasaba uyushmalari hisobidan sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar ajratish ham ko‘zda tutilgan.

Bunday imtiyozlarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

Yana savol tug‘iladi: “Yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozlar amaliyotga tatbiq etilyaptimi?

—Tizimda 300 nafar xotin-kizlar faoliyat yuritadi, — dedi davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi Munojot Norova.—Har yili Xotin-qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtiriladi hamda zebolarga esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.

Har ikki yilda bir marta “Eng faol yosh ichki ishlar xodimi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

2018  yilda viloyat bo‘yicha ichki ishlar xodimlariga 33 ta yo‘llanma ajratildi. Shuningdek,  29 nafar xodimning yaqin qarindoshlari ham sog‘lomlashtirildi. Joriy yilning to‘qqiz oyida  esa 21 nafar xodim  ota onasi uchun sanatoriy yo‘llanmalari olgani e’tiborli.

Iskandar  Eshonqulov Iskandarga “Chinobod” hamda Bekmurod Muhammadiyevga “Termez marvaridi” sihatgohlariga imtiyozli bepul yo‘llanmalar ajratildi.

—Otam Erkin bobo Berdiyev umrida biron marta sihatgohda dam olmagan edi. Kasaba uyushmalari tomonidan amalga tatbiq etilgan qulaylik sabab “Chinobod”da hordiq chiqardi,-dedi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi Elyor Normanov.

     Yana shuni alohida e’tirof etish o‘rinliki, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining qo‘shma qaroriga asosan, xizmat chog‘ida halok bo‘lgan xodimning oila a’zolariga yoki ushbu holatlarda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarga ham sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar ajratish belgilangan.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, qisqa vaqt ichida ichki ishlar xodimlarining kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonchi kundan-kunga yuksalib borayotir.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!