Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish “Kasaba uyushmasi va uning afzalliklari” mavzusiga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘z faoliyatini yangidan boshlagan xususiy firmalar, oilaviy korxonalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda tarmoq kasaba uyushmasi Shahrisabz shahar kengashi raisi R.Eshaliyeva, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilochisi I.Ochilov ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoyalashda, ularning huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda kasaba uyushmalarining ahamiyati haqida atroflicha tushuntirish berdilar. Tumanda xodimlar ishonchini qozongan, bugungi islohotlar jarayonida faol ishtirok etayotgan kasaba uyushma tashkilotlari hayotidan ibratli misollar keltirildi.
Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi shahar kengashi tarmog‘i tizimida namunali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Pahlavon” davolash va tashxis markazi, “Aktam Ahmedov” xususiy korxonasi, “Kesh standart servis” nodavlat tashkilotlari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislarining ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan ishlari, kasaba uyushmasi afzalllkilari haqidagi chiqishlari tinglandi.
Yig‘ilishdan so‘ng Shahrisabz shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sado” nodavlat korxonasi jamoasi ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalari tizimiga jalb etilganligi ma’lum qilindi.