Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushmasi faoliyatiga oid yig’ilish o’tkazildi.

Joriy  yilning 19 noyabr kuni  viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining majlislar zalida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha masul tashkilotchisi huzurida Qarshi shahar, tumanlar kengashlari va birlashgan kasaba uyushma  qumitalari raislari  va hisobchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi. Yig‘ilishda tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari oldida turgan vazifalar va ularning yechimlari to‘g‘risida so‘z bordi. Jumladan, kasaba uyushmasi azolik badalini undirish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar Nishon, Mirishkor, Qarshi tumanlarida talabga javob bermasligi alohida takidlandi.   Nodavlat tashkilotlarini kasaba uyushmasi harakatiga jalb etish, ularda jamoa shartnomalarini tuzish ishlarida kamchiliklar borligi, ayniqsa, Qarshi shahar, Chiroqchi va Kasbi tuman kengashlari faoliyatida bu muhim ishga yetarli etibor berilmayotganligi tahlillar asosida malum qilindi.  Respublika yozma nashrlariga, jumladan, kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi nashri ,,Ishonch” gazetasiga 2016 yil uchun obunaning borishi qoniqarli olib borilmayotganligiga yetakchi va hisobchilarning etibori qaratildi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan Qarshi, Nishon, Shaxrisabz tumanlar kengashlari rahbarlariga etirozlar bildirilib, ahvolni o‘nglash uchun muddatlar belgilandi. Kasaba uyushmasi mablag‘ini tejash maqsadida  obunani korxona, tashkilot va muassasalar mablag‘i hisobidan uyushtirish, bunda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada samaraliroq tashkil etish tavsiya etildi.Yig‘ilishda kasaba uyushmasi ishining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama etildi. Barcha masalalar yuzasidan  masullarning axborotlari eshitildi va tegishli  topshiriqlar, tavsiyalar berildi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!