Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushmasi xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy huquq va manfaatlari himoyachisi.

      11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixida unutilmas va zarhal harflar bilan yozilgan kundir. 2020 yilning 11 noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari  Federatsiyasining VIII Qurultoyida, mustaqil davlatimiz tarixida ilk bor Respublika Prezidenti kasaba uyushmalari Qurultoyi qatnashchilariga o‘z tabrigini yo‘lladi. Ushbu tabrikni barchamiz katta mamnuniyat, ko‘tarinki ruh va zo‘r qiziqish bilan tingladik, yurtboshimizning samimiy va iliq, har bir kasaba uyushmasi a’zosini Vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun safarbarlikka undovchi so‘zlari barchamizning qalbimizda bir umr muhrlanib qoldi. 11 noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklif etilgani esa har bir kasaba uyushmasi a’zolari uchun unutilmas voqea bo‘ldi. Bu davlatimiz rahbarining kasaba uyushma a’zolariga bo‘lgan ishonchini bildiradi. Kasaba uyushmalarining faoliyati ana shu ishonchni oqlashga yo‘naltirilgan.

     So‘nggi 6 yilda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar zamirida xalqimiz turmush darajasini oshirish, odamlar ertaga emas, bugun yaxshi yashashini va farovonligini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam etilgandir.

              Mamlakatimizda xalqimiz farovonligini ko‘zlab olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amalga oshirilishini kasaba uyushma tashkilotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan kasaba uyushmalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish orqali kasaba uyushma a’zolari jamiyatimizda o‘z o‘rinlariga ega bo‘ladilar hamda ular ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi, ertangi kunga yaxshi va farovon yashash umidi ortadi. Ushbu ezgu ishlarni tadbiq etilishida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari yetakchilarining tutgan o‘rni, shuningdek boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari ish faoliyati samaradorligini  oshirish maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan joriy yilning 14 sentabr kuni tumandagi 2-kasb xunar maktabida «Kasaba uyushmasi xodimlarining ijtimoiy, iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoyachisi» mavzusida tuman bo‘linmasi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlar raislari va tashkilotchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi. Seminar ishini O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman bo‘linmasi kengashi raisi O.Hamroev kirish so‘zi bilan ochdi. O.Hamroev tomonidan keyingi yillarda kasaba uyushmalari tizimida ro‘y bergan  yangiliklar, kasaba uyushmalariga  hukumatimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tibor,  kasaba uyushma yetakchisining jamoada tutgan o‘rni,  xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kasaba uyushma yetakchilari tomonidan olib borilishi zarur bo‘lgan ishlar  to‘g‘risida ma’lumot berib  o‘tildi.

              Seminarda kun tartibidagi: “Mirishkor tuman 2-kasb hunar maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy, iqtisodiy xuquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi mavzu bo‘yicha kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qodirov ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida muassasada kasaba uyushmasi a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan xodimlarni sport mashg‘ulotlariga jalb qilish, ular  o‘rtasida  sayohatlar tashkil qilish, jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning murojaatlari bilan ishlash,  boshlang‘ich tashkilotlar nomenklaturasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi va ma’ruzachi seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga  javob qaytardi. Ma’ruza tugagach, seminar ishtirokchilari tomonidan muassasa kasaba uyushma qo‘mitasidagi  mavjud  hujjatlar, boshlang‘ich tashkilotda ish yuritish tartibi bilan yaqindan tanishishdi..

Seminar kun tartibidagi: “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini na’munali tarzda tashkil etish to‘g‘risida”gi mavzu yuzasidan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirishkor tuman bo‘linmasi kengashi raisi O.Hamroevning ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida kasaba uyushmalari faoliyatiga ta’luqli bo‘lgan zarur hujjatlar, kasaba uyushma tashkilotlarining strukturasi, kasaba uyushma tashkilotlarining organlari, boshlang‘ich tashkilotlar tomonidan  yuqori kasaba uyushma tashkilotlariga taqdim etib boriladigan ma’lumotlar,  ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solinishi bo‘yicha kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, xodimlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilinishida “Mehnat kodeksi”, jamoa shartnomalarini  tutgan o‘rni, kasaba uyushma a’zolarining murojaatlari bilan ishlash tartibi, ish beruvchi tomonidan xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilayotganda hamda mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda  kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

    Seminarda ishchanlik ruhida, o‘zaro fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!