Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushmasidagi ilg‘or tajribalar xodimlar manfaatiga xizmat qiladi.

Kitob tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotida xodimlar o‘rtasida ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash hamda sog‘lomlashtirish borasidagi ilg‘or tajribalari tumandagi tayanch boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari qo‘mita raislari tomonidan amaliy yordam ko’rsatildi.

      O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi Kengashi tizimidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotida (qo‘mita raisi Sufiev Bahodir) xodimlar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash hamda sog‘lomlashtirish hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

      Maktabda bu borada ish beruvchi, ma’naviy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha mutaxassislar hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan.

     Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining ish rejasida xodimlar o‘rtasida ma’naviy ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning ommaviyligini ta’minlash alohida o‘rin egallagan. Shu bois o‘tkazilgan qo‘mita yig‘ilishlarida xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish borasidagi ishlarning ahvoliga oid masalalar har yili muhokama etilib borilgan.

      Qabul qilingan Jamoa shartnomasida ham xodimlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar, jismoniy tarbiya va sport- sog‘lomlashtirishga oid bandlar kiritilgan va ularning ijrosi bo‘yicha jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.

      Mehnat jamoasi o‘rtasida “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturining maqsad va mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy ish reja asosida har oyda 1 marta “Ma’rifat soatlari” va turli mavzularda ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar, mamlakatimizda nishonlanayotgan umumxalk bayramlari  yuqori saviyada o‘tkazilib boriladi.

      Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotida ishlab chikilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga karatilgan chora-tadbirlar rejasining ijrosi bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan g‘oya asosida xodimlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik maqsadlariga xizmat qilishini targ‘ib etishga qaratilgan Tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik-bebaho ne’mat”, “O‘zbekiston-umumiy uyimiz”, “Mening Vatanim-O‘zbekiston”  mavzularida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib borilgan.

      Kasaba uyushmalari tizimida turizmni rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida jamoa shartnomasiga kiritish orqali 2021-2022 yillarda 5 nafar xodimlarning  Kitob-Samarqand-Nurota-Buxoro, Kitob-Termiz yo‘nalishlari bo‘yicha tarixiy shaharlarga hamda 55 nafar xodimlarning Shahrisabz shahri va tumanmizdagi diqqatga sazovor qadamjolarga xodimlar hamda ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish maksadida sayohatlar tashkil etilgan.

      Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportning ommaviyligini ta’minlash  maqsadida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining talabnomasiga asosan tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan kasaba uyushmasi mablag‘lari xisobidan sportning shaxmat, shashka, voleybol, basketbol, badmenton va stol tennisi turlari bo‘yicha sport jihozlari olib berildi.

      Sport jihozlaridan samarali foydalangan holda maktabda xodimlar o‘rtasida sport tugaraklari yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan xodimlar o‘rtasida “Navro‘z” umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab sportning  shaxmat, shashka, futbol, voleybol va stol tennisi turlari buyicha 2 marta sport musobaqalari o‘tkazilib borilgan va xodimlarning aksariyat qismi sportga jalb etilgan. G‘olib ishtirokchilarni sport musobaqalarining tuman bosqichlarida ishtiroki ta’minlanib borilgan.

     Xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tugaraklarini tashkil etilganligi hamda xodimlar gimnastikasini yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha tegishli hujjatlar va fotolavhalar tayyorlangan.       

     2021-2022 yillarda 3 nafardan kam ta’minlangan xodimlarning farzandlari yozgi mavsumda bolalar oromgoxlarida dam oldirilgan. 2 nafar xodimlar va ularning oila a’zolariga sanatoriylarda sog‘lomlashtirish uchun imtiyozli sanatoriya yo‘llanmalari berilgan.

    Tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va berilayotgan tavsiyalar asosida 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash borasida erishlayotgan ilg‘or tajribalar xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi lozim.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!