Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari.

       Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi nodavlat tashkilotlarni kasaba uyushmasiga jalb qilish borasida Qashqadaryo viloyati hokimligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining rais o‘rinbosari B.Sultonov, Respublika Kengashining mas’ul xodimlari, viloyat hokimligining qurilish sohasida hokim o‘rinbosari M.Azizov va hokimlik xodimlari, tarmoq kasaba uyushmasining viloyat kengashi raisi B.Meyliev hamda viloyatdagi tarmoq sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari xususida ya’ni: Kasaba uyushma tashkiloti tuzilgan korxonalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy himoyasi ta’minlanishi, korxonada tuzilgan jamoa shartnomasi orqali tarmoq kelishuvlari orqali belgilab qo‘yilgan imtyozlardan samarali foydalana olishi, kasaba uyushmasi tashkilotlarining tashabbusi bilan madaniy ma’rifiy, ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, xususan bayram tadbirlari, yurtimizning tarixiy shaxarlariga sayoxatlar, sport musobaqalari, sanatoriya va bolalar oromgohlarida sog‘lomlashtirish ishlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimlarga moddiy ko‘mak, kasaba uyushma faollarini rag‘batlantirib borish ishlari amalga oshirilishi yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek yig‘ilishda ishtirok etgan nodavlat tashkilotlar xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar ham olishdi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!