Joriy yilning 21 oktabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chiroqchi tuman kengashi tomonidan tuman xalk ta’limi bulimi majlislar zalida “Keksa avlodga extirom” madaniy-ma’rifiy tadbirlari utkazildi. Madaniy-ma’rifiy tadbirda tumandagi xalk ta’limi tizimi muassasalarida mexnat kilayotgan keksa yoshdagi pedagog-xodimlar ishtirok etishdi.
Uzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ER 04/666 sonli xati xamda Federatsiya Kengashi Rayosatining 2019 yil 4 oktabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi urni va ijtimoiy faolligini oshirishda kasaba uyushmalarining ishtiroki tugrisida” gi 16-14 sonli va viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2019 yil 8 oktabrdagi 18-02 sonli karorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman xokimi R. Jurakobilov ishtirok etib bugungi kunda jamiyatning xar bir tarmogida keksa avlod vakillari mexnat kilayotganligi, xalkimizning “Kari bilganni pari bilmas” “Karisi bor uyda farishta buladi” kabi makollarga amal kilinishi, “Ustoz-shogird” an’analariga rioya etilishi tugrisida gapirib utdi.
Yigilishda ishtirok etgan keksa avlod vakillaridan 2-ixtisoslashtirilgan maktab psixologi R. Xolikov Prezidentimiz tomonidan keksa avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar tugrisida tulkinlanib gapirdi.
Tuman kengashi raisi A. Xaydavolov bugungi kunda ta’lim muassasalarida kuplab keksa avlod vakillari faoliyat yuritayotgani, ularga kuplab kasaba uyushmalari tomonidan imtiyozlar yaratilayotganligi, xatto nafakaga chikib ishlamayotgan pensionerlarga xam uning ishlayotgan farzandlari tomonidan sanatoriyalarga yullanmalar olib berilayotganligini aytib utdi.
Madaniy-ma’rifiy tadbir sunggida kup yillar mexnat kilib kelayotgan keksa avlod vakillariga tuman xokimi R. Jurakobilov Diplom va esdalik sovgalari topshirdi.