2022 yil 5 oktyabr kuni Kasbi tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi hamda Madaniyat bo‘limi hamkorlikda tumandagi Binokor tuyxonasida «Keksalarni e’zozlash,ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat»degan g‘oya ostida «Keksalar haftaligi» munosabati bilan tadbir tashkil etildi.Tadbirda mahallalardan mehnat faxriylari,nuroniy oqsoqollar taklif etildilar.Tadbirda Madaniyat markazi qoshidagi «Gulshan» ashula va raqs xalq ansambli xonandasi Erkin Xo‘jaevning diltortar, mumtoz qo‘shiqlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.