Joriy yilning 2-9- oktabr kunlari Shahrisabz tuman davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi, tuman Nuroniylar Kengashi, RMTM, tuman mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” g‘oyasi asosida o‘tayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun “Miraki” MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning bir guruh obro‘-e’tiborli, o‘zining uzoq yillik mehnat faoliyati bilan ibrat maktabini yaratgan nuroniy otaxon-onaxonlar ishtirok etdi. Tadbir “Salomatlik uchun 5000 qadam” loyihasi bilan boshlandi. So‘ng otaxonlar shaxmat, shashka, darts kabi sport turlarida o‘zaro bellashishdi. Keksalar uchun dasturxon yozilib, ular bir piyola choy ustida diydorlashishdi.