Sport insonni har qanaqasiga tetiklashtiradi. Sportda aql ham tana ham harakatlanib inson organizmini turli zararli oqibatlardan xoli qiladi. Ayrim sport turlari borki, unda asosan aqliy jihat muhim sanaladi. Albatta, gap shaxmat haqida ketayotganligini aksariyat kishilar anglashdi. Hozirda tumanimizda bir qator yoshi ulug‘ insonlar shaxmat o‘ynashni xush ko‘rishadi. Shu maqsadda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qamashi tuman kengashi “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan nafaqaga chiqqan faxriy o‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.