Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Kitob tumanida “Prezident e’tibori –muruvvat tadbirlarida” shiori ostida sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Joriy yilning 20 aprel kuni soat 13-00 dan 15-00 gacha Kitob tumanidagi “Oqsuv” to‘yxonasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 50 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Tadbir viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasidan tumanga biriktirilgan vakillari va tuman hokimligi ishchi guruhi a’zolari tomonidan namunali tarzda tashkil etildi.

To‘yxona shiorlar, ibratli so‘zlar shar va har xil bezaklar o‘rnatilib,bayramona bezatildi.

To‘y bolalar uchun kiyim-kechak sifatida bir xil andozadagi zar chopon, salla, qars, kostyum-shim, ko‘ylak, galstuk,  ichki kiyim va tuflilar, ya’ni har bir bolaga 323700 so‘mdan Jami 16mln. 185 ming so‘mlik kiyim-kechaklar olib berildi.

Tadbirda Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi rahbari Isfandiyor Latipov, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dolli Hakimovich Allayev, Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, Viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Yanvar Po‘latovich Inoyatov, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari To‘xtayev Saidoqil Saidazimovich, tuman hokimi Rustam Sa’dullayevich Saidov,  jamoatchik vakillari va  to‘y bolalarning ota-onalari, qarindoshlari jami 475 nafar kishi  ishtirok etdi.

To‘yda Qarshi shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar, jumladan “Shuxrat” medali sohibi xushovoz xonanda Umrzoq Quvvatov va tuman madaniyat bo‘limi xonanda, sozanda va raqqosalari ishtirok etishdi.

To‘y tantanalari jarayonida 50 nafar to‘y bolalarga ularning nomiga xalq bankining tuman bo‘limi tomonidan ochilib, 1 million so‘m mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari hamda “Men O‘zbekiston fuqarosiman”, “So‘z sandiqchasi” kitoblar jamlanmasi “Prezident sovg‘asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!