Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ko‘rik-tanlovi o’tkazildi.

     Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosating 2015 yil 3 apreldagi 21-17 “s”-sonli hamda  O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2015 yil 2 apreldagi 16/3 “o”-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31 martdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risida”gi 21-53 “s”-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi tasarrufidagi  boshlang;ich tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi joriy yilning  27 may kuni tuman xalq ta’limi bo’limida o‘tkazildi.

 Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi.  Tanlovda jami  145 ta boshlang’ich tashkilotdan 98 ta tashkilotlar qatnashdi. A’zolari soni 100 nafardan ortiq (6 ta) va a’zolari soni 100 nafargacha (92 ta) bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etdilar.

    Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, a’zolari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 296 ball, 2-o‘rinni 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 268 ball, 3-o‘rinni 16-maktab-internati 227 ball bilan hamda a’zolari soni 100 nafargacha bo‘lgan tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 282 ball, 2-o‘rinni 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 264 ball, 3-o‘rinni 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 223 ballar bilan tanlov g’oliblari bo’lishdi.

    Tanlov g‘oliblariga joriy yilning 29 may kuni tuman xalq ta’limi bo’limi majlislar zalida  tuman kengashining  diplom va pul mukofotlari topshirildi.

  Tanlov natijalari “Kesh” tuman gazetasining 2019 yil  11 iyundagi 16-sonida «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yakuni tog’risida maqola yoritiladi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!