Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

KO‘ZLANGAN MAQSAD MAMLAKATNI IJTIMOIY FARAVONLIKKA OLIB CHIQISH.

   Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyeyov ko‘rsatib bergan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi” asosida o‘z maqsadi tomon ilgarilab yangi O‘zbekiston nomini oldi. Bu nom barchaga birdek sharaf tuyg‘usini shakllantiradi. Sharaf bilan birga shunday bir mas’uliyat ham borki, bu barcha birdek bilishi kerak bo‘lgan, yurtni taraqqiyot tomon yetaklay oladigan jamiyatga dahldorlik hissi.

Muhtarram Prezidentimiz O‘zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish, fuqarolarning ijtimoiy faravonligini  ta’minlash yo‘lida kunni tunga ulab tinimsiz xarakat olib bormoqdalar, yurt taraqqiyotida yangi sahifalar ochmoqdalar. O‘zbekiston o‘z yo‘lboshchisi orqali, yangi davrga ya’ni demokratiyaning yorqin ifodasi sanalgan “davlatni xalq oldida mas’ulligi”ga o‘tmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan anglash mumkin-ki, Prezidentimizning “Xalqimiz davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”- degan purma’no so‘zlari  hayotiy haqiqatga aylanmoqda.

Murojaatnomada umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib kamol topishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi alohida ta’kidlandi. Mamlakatda malakali kadrlarni yetishtirishda oliy ta’lim muassasalarini rolini yanada oshirishga, ta’lim sifatini ko‘tarishga, oliy ta’lim muassasalarini horijiy xamkorligini yo‘lga qo‘yishga doir taklif va mulohazalar bayon etildi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “ilm yo‘q joyda qoloqlik, hatto to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi”- deya ta’kidlab, yosh avlod tarbiyasiga barchamiz birdek mas’ul ekanligimizni ko‘rsatib berdilar.

      Bundan ko‘rinib turibdiki, ilm-fanni rivojlantirmasdan, yosh avlodni malakali mutaxassis qilib tarbiyalamasdan turib mamlakatni taraqqiyotga olib chiqib bo‘lmaydi. Bu borada biz oliy ta’lim xodimlari ham o‘z ishimizga  tub burilish yasashimiz, Prezidentimiz ko‘tarayotgan muammolarni yechimini topish borasida zamonaviy dunyo qarashni shakllantirishimiz zarur deb hisoblaymiz. Institutlarga yo‘nalishlar va kadrlar kvotasini shakllantirish, budjetini shakllantirish va sarflash mustaqilligini berilishi amaliyotini joriy etilayotganligi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ham yoki bo‘lmasa oliy ta’limda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida ham sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish vazifalarini yuklaydi. Buni esa xayotni o‘zi ko‘rsatadi. O‘z ustida yaxshi ishlayotgan, talaba-yoshlarni o‘z atrofida birlashtirib, ularga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirayotgan xodimlarga alohida maosh, alohida e’tibor. Yoki aksincha bo‘lgan xodimlarga esa oylik maoshlarini chegirish, ish soatlarini qisqartishi va xokazo. Shuni uchun ham bugun zamonni o‘zi har birimizdan jarayonlarga faol bo‘lishni talab etayapti, biz esa bu faolikni bugundan boshlashimiz, bugungi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarimiz mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazishimiz zarur.

Yuksak malakali mutaxassis tayyorlash bu oliy o‘quv yurtlarining,  ya’ni  bizni vazifamiz.  Institutimiz jamoasi ham bu borada ancha faollik bilan yondoshib bormoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday yondoshuvga eng avvalo Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar katta samara bermoqda. O‘tgan keyingi ikki yilda oliy ta’limni isloh qilish, malakali mutaxassislar yetishtirish salmog‘i va sifatini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.  Ko‘zlangan maqsad mamlakatni ijtimoiy faravonlikka olib chiqish, ijtimoiy faravonlik bu inson omili.

Psixologlar bir guruh odamlarni bir xonaga to‘plab, ularni qo‘liga bittadan shishirilgan shar berib, sharga o‘z ismlarini yozish kerakligini aytishdi. O‘z ismlari yozilgan sharlar yig‘ib olinib boshqa xonaga tashlandi va o‘z ismlarini sharga yozgan odamlar shu xonaga kiritilib, hamma o‘z sharini topib chiqishi zarurligi aytildi. O‘ttiz daqqiqa vaqt berilsada hech kim o‘z ismi yozilgan sharni topa olmadi. Psixologlar mavzuga boshqacha yondoshib, ismlari yozilgan sharlarni topishda bir-birlariga yordam berish mumkinligi aytilganda bu masalaga oson yechim topildi. Bundan ko‘rinib turibdiki bunday ezgu maqsadlarni amalga oshirishda jamoa bo‘lib xarakatlanish katta natija beradi. Prezidentimiz tomonidan murojaatnomada ko‘tarilgan masalalarga yechim topishda biz jamoa a’zolari ham o‘z faoligimizni ko‘rsatishimiz kerak.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!