Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

KONS­TITUTSIYA – MAMLAKAT VA MILLATNING HUQUQIY POYDEVORI.

      Ma’lumki, mustaqillikka erishgan har bir davlat o‘z kelajak yo‘lini ko‘zlar ekan, dastavval uning huquqiy poydevorini mustahkam qurishga intiladi. Negaki, davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma – Kons­titutsiya jahon sivilizatsiyasining oliy yutug‘i bo‘lib, u mamlakat va millat umrboqiyligini ta’minlaydigan eng asosiy huquqiy-siyosiy hujjat sanaladi.

Shu ma’noda, Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishilgan yuksak ma’naviy boyliklarimizdan biri hisoblanadi. Nega deganda, dunyo xaritasidagi har bir yurtning mavqei, salohiyati va obro‘-e’tiborining mezoni shubhasiz uning Konstitutsiyasidir.

8-dekabr–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 27 yilligi joylarda munosib kutib olindi.

Jumladan, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tasarrufidagi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat yongin xavfsizligi boshqarmasida “Konstitutsiya-xuquqimiz poydevori” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi .

Ushbu tadbirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Hazratkulov Obidxon Nomozovich, viloyat yongin xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Farhod Mirzayevich, Karshi muhandislik-ikttisodiyot institutiti dekan muovini To‘rayev O‘lmas Sanokulovichlar ishtirok etishdi.

So‘zga chikkanlar  o‘z mamlakati konstitutsiyasini chuqur o‘r­ganish fuqarolarga o‘zligini tanitishda, yurtda kechayotgan yangiliklar va imkoniyatlaridan unumli foydalanib, samarali mehnat hamda ijod qilishiga huquqiy zamin yaratishi to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.

Shu ma’noda, davr va zamon talabi, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash zarurati, xususan, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish yuzasidan ham Konstitutsiyamiz yil sayin mukammallashib borayapti. Shunga ko‘ra, Asosiy qonunimizga o‘tgan vaqt ichida 8 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Eng muhimi, mazkur qonun hujjatining barcha huquqiy normalari amalda izchillik bilan tatbiq etib kelinayapti.

Muxtasar aytganda, Asosiy qonunimiz mustaqilligimiz ramzi, insonparvarlik qomusi sifatida mamlakatimizda kechayotgan o‘zgarish hamda yangilanishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim huquqiy hujjati bo‘lish bilan birga, “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan g‘oyani huquqiy jihatdan kafolatlaydi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!