Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma to‘rt yilligi keng nishonlandi.
Bayram munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan bir qator kasaba uyushmalari aksiyalari joylarda tashkil etildi.
Jumladan, “Kasaba uyushmalari – faxriylarga” aksiyasi doirasida joriy yilning 7 dekabr kuni Yakkabog‘ tumanidagi “Saxovat” internat uyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi hamda ularga 1 mln. so‘mlik kir yuvish vositalari homiylik yordami sifatida olib berildi.
“Kasaba uyushmalari – harbiylarga” aksiyasi doirasida joriy yilning 7 dekabr kuni Nishon tumani, Nuriston qurg‘onchasida joylashgan 01/404-sonli harbiy qismda uchrashuv tashkil etildi va harbiy qism kutubxonasiga 800 ming so‘mlik har xil turdagi kitoblar sovg‘a sifatida topshirildi.
Shuningdek, “Vatanni sevmoq iymondandir” shiori ostida mustaqillikni himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan 4 nafar harbiy xizmatchining oilasi holidan xabar olindi va ularning har biriga 250 ming so‘mdan jami 1 mln. so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatildi.
Bayram munosabati bilan 883 nafar mehnat faxriylari, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, mehr-muruvvatga muxtoj kishilarga kasaba uyushmalari mablag‘laridan 49 mln. 55 ming so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan 50 nafar mehnat faxriylari, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, mehr-muruvvatga muxtoj kishilarga 5 mln. so‘mlik moddiy yordam berildi.
Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 330 nafar ishchi-xodimlarning bayram munosabati bilan Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Qarshi shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlari tashkil etildi.
Viloyatdagi 453 ta tashkilotlarda 49172 nafar ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, mini futbol, voleybol, stol tennisi va yugurush turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
“Konstitutsiya xalqimiz oliy irodasining qonuniy ifodasidir” mavzusida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini targ‘ib etivchi hamda mehnatkashlarning konstitutsion va mehnat huquqlari borasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan 320 dan ortiq targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
“Konstitutsiya asosimiz va tayanchimiz”, “Konstitutsiya va milliy qadryatlarimiz”, “Inson huquqlari – qonun himoyasida”, “Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi”, “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohatlari” mavzularida 2147 ta korxona, tashkilot va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda 204 mingdan ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.