Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimidagi Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi, Shahrisabz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, Qarshi shahar 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Koson tuman 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi, viloyat musiqali drama teatri hamda Qarshi ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarida faoliyat yuritayotgan xodimlari o‘rtasida joriy yilning 19 yanvar kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor yoshlarni kashf etish va rag‘batlantirish” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda san’at maktabidagi аn’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi, a’nanaviy cholg‘u ijrochiligi, suhandon (konferanse), o‘zbek raqs san’ati hamda  havaskorli k san’ati (folklor-etnografiya) bolalar jamoalari yo‘nalishlarida ishtirok etdilar. Ko‘rik-tanlovining viloyat saralash bosqichi g‘oliblari kasaba uyushmasi sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda keying bosqichga yo‘llanmalarni qulga kiritishdi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!