Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Korrupsiya-jamiyat kushandasi

     Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan huquq sohasida ham bu islohatlar hozirga qadar davom etmoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi BMT tashkilotining korrupsiyaga  qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasiga a’zo bo‘ldi. 2010 yilda Istambuldagi korrupsiyaga qarshi kurashish harakatiga a’zo bo‘ldi. 2014 yil 14 maydagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” qonuni qabul qilindi. Shu qonunga asosan O‘z.Respublikasi jinoyat kodeksining 211-212 moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu yuzasidan Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi bilan hamkorlikda “Odob-axloq qoidalari”ga,  jumladan xodimlar tomonidan, umum e’tirof etilgan axloq normalariga rioya etilishi, ularning huquqiy onglarini oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi qonuni talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish hamda turli huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish hamda sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarining bartaraf etilishi  yuzasidan davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Seminarni Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i D.Rizayev kirish so‘zi bilan ochib, mazkur seminarning asosiy mavzusi  “Odob-axloq qoidalari”ga,  jumladan xodimlar tomonidan, umum e’tirof etilgan axloq normalariga rioya etilishi, ularning huquqiy onglarini oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi qonuni talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish hamda turli huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish hamda sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarining bartaraf etilishi xaqida tuxtalib o‘tdi.

Davra suxbatida “O‘zstandart” agentligi matbuot kotibi  Rasulov Abdurauf G‘afurovich, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi, sudya katta yordamchisi Sattorov Muxtor Ne’matullayevich, O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi Norova Munojot Yarashevna, Qarshi Davlat Universiteti Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi Boymurodov Zoxid Shokirovich, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi  vakili Yozuvchi   Siddiqov Yusuf, Qashqadaryo viloyat “Voha” gazetasi tahririyati bosh direktori Nazarov  Bekzod  Shomurodovichlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ushbu davra suxbatini o‘tkazishdan maksad xodimlar o‘rtasida odob-ahloq

qoidalariga rioya etilishi, ta’magirlik va korrupsiyaga qarshi kurashishdir, insonlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, o‘z oilasiga va o‘zining ishiga munosabati kabi tuyg‘ular bevosita tarbiya, odob-axlok orqali shakllantiridan iboratdir.

Davr suxbati savol javoblarga boy, qizg‘in muzokoralar va munozaralar tarzda o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!