Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Lochin” oromgohi 45 yoshda

         Ma’lumki, “Lochin” bolalar oromgohi respublikamizda o‘z o‘rni va salohiyatiga ega bo‘lgan eng yirik va nufuzli oromgohlardan biridir. Oromgohning yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasi, ularni jismonan va ma’nan yetuk inson bo‘lib yetishishlari  yo‘lida qo‘shib kelayotgan hissasi beqiyosdir.

O‘tgan asrning 70-yillarida Qarshi cho‘lini o‘zlarshtirish ishlari yuqori cho‘qqiga chiqqan, “Qarshi qurilish” tashkilotida 50 ming nafardan ortiq  ishchi-xizmatchilar mehnat qilayotgan bir paytda cho‘lquvarlarning farzandlarini sog‘lomlashtirish maqsadida 1974 yilda mazkur oromgoh barpo etilgan.

“Lochin” oromgohi o‘tgan 45 yil davomida o‘z salohiyati va qudratini kuchaytirib bordi.

Mazkur oromgohning bugungi darajaga yetishishida albatta “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining hissasi beqiyosdir.

Aynan ushbu korxona muasssisligidagi yillarda oromgoh butunlay o‘zgacha ko‘rinishga keltirilib, jahon standartlari talabiga moslashtirildi, uning quvvati 2 barobarga oshirildi. Bugungi kunda oromgohda bir navbatda 1000 nafardan, mavsum davomida 5000 nafar bolalar dam oldiriladi.

Jumladan, har yili orolbo‘yi hududlardan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridan kelgan 500 nafar bolalar “SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati homiyligida mazkur oromgohda bepul dam oldirilib kelinmoqda.

Ushbu maskanda dam olgan har bir o‘quvchining hayotida unitilmas lahzalar muhrlanishi bilan birga uning o‘qishi va kelajagdagi orzulari ushalishida oromgoh muhim asos bo‘lib xizmat qiladi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ko‘p ming kishilik Qashqadaryo viloyati kasaba uyushma faollari nomidan Respublikamizdagi eng yirik va bolajonlarimiz uchun eng so‘lim maskan bo‘lmish “Lochin” bolalar oromgohi jamoasini oromgohning shonli 45 yilligi bilan qutlagan holda jamoa a’zolariga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xalqimiz  farovonligi, farzandlarimizning baxt-saodati yo‘lida olib borayotgan ishlariga omad yor bo‘lishini talab qolamiz.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!