Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Madaniy tadbir boʼlib oʼtdi.

     Tadbir Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Qarshi aeroporti» chegara bojxona posti tomonidan viloyat qoʼgʼirchoq teatri hamkorligida tashkil etildi. Unda, internat uyining 50 nafardan ziyod tarbiyalanuvchilari, rahbariyat, shifokor va enagalar hamda bojxona xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Qo’gʼirchoq teatri aktyorlari tomonidan namoyish etilgan «Ulkan xazina» nomli ertak sahna ko’rinishi bolajonlar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi. Bayram davomida musiqiy chiqishlar, kuy-qoʼshiqlar yangrab barchani raqsga chorladi. Bu esa o’z navbatida yosh bolajonlarimizni kayfiyatlarini koʼtarib ularga quvonch baxsh etdi. Dasturning keyingi qismida, ushbu muassasada tarbiyalanayotgan 28 nafar bolajonlarni tug’ilgan kunlari tantanali ravishda nishonlandi hamda «Qarshi aeroporti» chegara bojxona posti boshligʼi E.Shaymanov tomonidan muassasa uchun zarur boʼlgan anjomlar hamda sovg’alar taqdim etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!