O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 5 avgust kuni tuman xalq ta’limi bo‘limi majlislar zalida ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv –seminarda 83 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlari ishtirok etdilar. O‘quv-seminarda pedagog-xodimlarni ularning lavozim yo‘riqnomasidan tashqari ishlarga jalb etmaslik, majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot hamda nazorat ishlarini olib borish, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etish, o‘qituvchilarni ish vaqti, mehnat shartnomalariga oid masalalar yig‘ilish muhokamasiga qo‘yildi.
Tuman kengashi raisi S.Abdullaev O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2019 yil 22 iyuldagi №RK/47-sonli modemnomasi yuzasidan so‘zga chiqib, “Mehnat shartnomasi” va “Lavozim yo‘riqnomasi” dan tashqari har qanday ishni qilishlari bu majburiy mehnat hisoblanishi haqida gapirib o‘tdi. Ayniqsa pedagog xodimlarning mehnat ta’tilidan chaqirib, ularni ta’mirlash, obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan rahbarga nisbatan keskin intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi qat’iy belgilanganligi aytib o‘tildi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Sh.Ruziev o‘z so‘zida majburiy mehnat holatini keltirib chiqaruvchi 12 ta intikatorlardan biri aniqlangan taqdirda xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingan xisoblanishi va aybdor shaxslar javobgarlikka tortilishi, xatoga yo‘l qo‘ygan rahbarlar kechirilmasligi haqida gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng ta’lim muassasasi rahbarlaridan 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori E.Qosimov so‘zga chiqib, hozirgi kunda ko‘pgina pedagoglar mehnat ta’tilidan qaydganligi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik kurish kerakligi, maktab xududi kattaligi sababli ishchi kuchi etishmasligi, sinfxonalarni ko‘pligi, maktabda 2 ta shtat birligida farrosh borligi va maktabga qo‘shimcha shtat berilishi haqida fikr bildirdi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari O.Muxiddinov, 72-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Xodjaqo‘lovalar o‘z fikrlarini bildirishdi.