Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Majburiy mehnatni oldini olish  bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.

       O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Shahrisabz tuman kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda  joriy yilning  5 avgust kuni tuman xalq ta’limi bo‘limi  majlislar zalida  ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida majburiy mehnatni oldini olish  bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv –seminarda 83 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlari ishtirok etdilar. O‘quv-seminarda pedagog-xodimlarni ularning lavozim yo‘riqnomasidan tashqari ishlarga jalb etmaslik, majburiy  mehnatni oldini olish bo‘yicha  targ‘ibot-tashviqot  hamda nazorat ishlarini olib borish, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etish, o‘qituvchilarni ish vaqti, mehnat shartnomalariga oid masalalar   yig‘ilish  muhokamasiga qo‘yildi.

Tuman kengashi raisi S.Abdullaev O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2019 yil 22 iyuldagi №RK/47-sonli  modemnomasi yuzasidan  so‘zga chiqib, “Mehnat shartnomasi” va “Lavozim yo‘riqnomasi” dan tashqari har qanday ishni qilishlari bu majburiy mehnat hisoblanishi  haqida gapirib o‘tdi. Ayniqsa pedagog xodimlarning  mehnat ta’tilidan chaqirib, ularni ta’mirlash, obodonlashtirish ishlariga  jalb qilgan rahbarga nisbatan  keskin intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi qat’iy belgilanganligi  aytib o‘tildi. Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri  Sh.Ruziev o‘z so‘zida  majburiy mehnat holatini keltirib chiqaruvchi  12 ta intikatorlardan biri aniqlangan taqdirda  xodimlar majburiy   mehnatga jalb qilingan xisoblanishi va aybdor shaxslar javobgarlikka tortilishi, xatoga yo‘l qo‘ygan rahbarlar kechirilmasligi haqida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng ta’lim muassasasi rahbarlaridan 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi  direktori E.Qosimov so‘zga  chiqib, hozirgi kunda ko‘pgina pedagoglar mehnat ta’tilidan qaydganligi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik kurish kerakligi, maktab xududi kattaligi sababli ishchi kuchi etishmasligi, sinfxonalarni ko‘pligi, maktabda 2 ta shtat birligida farrosh borligi va maktabga qo‘shimcha shtat  berilishi haqida fikr bildirdi.

             Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudir o‘rinbosari O.Muxiddinov, 72-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Xodjaqo‘lovalar  o‘z fikrlarini bildirishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!