Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Malaka oshirish institutida «jamoa shartnomasi muhokamasi» qilindi.

    2016 yil 11 mart kuni Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish yuzasidan institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2013-2015 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi yakunlari yuzasidan mehnat jamoasinig umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibida “Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ish beruvchisi bilan  institut xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2013-2015 yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi yakunlari”, “Jamoa shartnomasining 2015 yilda bajarilishi bo‘yicha nazorat qilib boruvchi   komissiyaning axboroti”, “2016-2018 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilish”, “Institut ish beruvchisi hamda xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini nazorat qilib boruvchi komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” gi masalalar ko‘rib chiqildi va  tegishli qarorlar qabul qilindi.  Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashkiliy ishlar bosh mutaxassisi Xuddiyev Mirzakarim Mo‘minovich, Qarshi shahar kengashi raisi Yuldoshev SHerzod To‘rayevichlar ishtirok etishdi.

Презентация2

Презентация3

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!