Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

Manzilli moddiy yordam ko‘rsatildi.

??

   Prezidentimizning tashabbusi bilan joylarda xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib,  ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan ayollarga manzilli moddiy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.  Xususan, Qashqadaryo viloyatida ana shunday manzilli yordamning   navbatdagisi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2020 yil 31 martdagi 18-47 sonli Rayosati qaroriga asosan Qarshi shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga dori-darmonlar va tibbiy jihozlar xarid qilishlari uchun naqd pul ko‘rinishida 39 nafar tibbiy muolajaga muhtojligi aniqlangan xotin-qizlarga umumiy miqdori 75 million 695 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan 7 nafar xotin-qizlarga nogironlik aravachasi, 2 nafar xotin-qizlarga eshitish moslamasi (apparati) olib berish ham rejalashtirilgan bo‘lib, yaqin kunlarda mazkur tadbir amalga oshiriladi.

Qarshi shahar hokimi tomonidan tasdiqlagan manzilli dasturga ko‘ra og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 4 nafar xotin-qizlarning uy-joylarini ta’mirlab berish ham rejalashtirilgan. Jumladan, “Otchopar” MFY, Mustaqillik ko‘chasi 17/31 uyda yashovchi N.Turopovani, “Otchopar” MFY, Yangichaman ko‘chasi 2/4 uyda yashovchi G.Jumanovani, “Arabxona” MFY Yangi Parg‘uza ko‘chasi 3/23a uyda yashovchi M.Normurodovani, “Shoxbekat” MFY, Xorazm ko‘chasi 6 uyda yashovchi S.Uzoqovalarning uy-joylari quruvchi tashkilotlar tomonidan ta’mirlab beriladi. Ayni kunda tender asosida tanlab olingan quruvchi tashkilotlar tomonidan yuqorida keltirilgan xotin-qizlarning uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Qarshi shahar hokimligi tomonidan tender asosida tanlab olingan quruvchi tashkilotlar tomonidan Qarshi shahrida ta’mirlash ishlari olib boriladigan xotin-qizlarning uy-joylarini sifatli ta’mirlash va vaqtida uz egalariga topshirilishi  Qarshi shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!