Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

MATBUOT XALQ BILAN YAKDIL, ERKIN FIKR BILAN KUCHLIDIR.

Qashqadaryo viloyat kasaba  uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi majlislar zalida  “ishonch”   va “Ishonch-Doveriye” gazetalari tahririyati xodimlari va mushtariylar o‘rtasida  uchrashuv tashkil etildi

Tadbirni Qashqadaryo viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashli raisi Eson Rajabov olib  bordi.

Anjuman qizg‘in muloqot, o‘zaro fikr almashuvlar, taklif mulohazalar ruhida o‘tgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Jumladan, “Koson –yog‘ ekstratsiya” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ravshan Qudratov gazeta sahifalarida rang-baranglik, kishini keng mushohadaga chorlovchi maqolalar soni ortganini ta’kidlab, kelgusida qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, lavozim yo‘riqnomalarini yuritishdagi tavsiya va talablar xususida  maqolalar berilsa  maqsadga yanada  muvofiq bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tarixi haqida ham turkum materiallar berilishi to‘g‘risida taklif bildirdi.

So‘zga chiqqan Qarshi davlat universiteti talabasi Javlonbek Egamberdiyev gazeta sahifalarida Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda yoshlar masalalariga oid maqolalarni ko‘paytirishni taklif qildi. Shuningdek, mehnat huquqi, dolzarb muammolar haqidagi chiqishlar manzur bo‘layotganini e’tirof etdi.

O‘z navbatida davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi Ismat Ochilov ham so‘zga chiqib, Viktor Alimasov, Abdurahim Erkayev, Qutlibeka Rahimboyeva, Baxtiyor Mingliyev, Shoyim Bo‘tayev kabi mualliflarning tahliliy maqolalari sabab gazeta tarmoq nashridan ommabop, o‘qimishli gazetaga aylanganib ulgurganinga e’tibor qaratdi. Gazetani yanada mazmunli qilish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

“O‘zburg‘uneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Jumaqul Qurbonov esa O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan maxsus son mushtariylarga manzur bo‘lgani hamda buni an’anaivy tarzda davom ettirish lozimligini taklif qildi.

Muloqot chog‘ida tahririyat va  “O‘zbekiston pochtasi”ning Qashqadaryo viloyat filiali mutasaddilari obuna mavsumini namunali tashkil etish, nashrni o‘quvchilarga bekamu-ko‘st yetkazish bo‘yicha kasaba uyushma faollarining qiziqtirgan savolariga javob qaytarishdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!