Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Mehnat huquqi” ga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi.

    Joriy yilning 19 aprel kuni viloyatimizning muhtasham madaniyat maskanlaridan biri M.Toshmuhammedov nomli drama teatrida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining yosh xodimlari, magistrlari va bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan seminar qizg‘in baxs-munozaralar va savol javoblarga boy bo‘ldi.Seminarda yoshlar mehnatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligining asosiy meyorlari, jamoa shartnomasi va yoshlar mehnat huquqlari, mehnatni muhofaza qilishga oid meyoriy hujjatlar yuzasidan fikr-mulohazalar birdirildi.Seminardan so‘ng madaniy tadbir tashkil etilib, QarMII talabalaridan tashkil topgan “Barkamal avlod” badiiy jamoasining chiqishlari talabalarga zavqu-shavq ulashdi.Mazkur yo‘nalishdagi davra suhbatlari viloyatimizdagi 200 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasalarda ham  o‘tkazilib, ularda 11240 nafar mehnatkashlar ishtirok etdi, shundan 6534 nafari yoshlardir.Mehnat huquqiga bag‘ishlangan seminarlar orqali korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir bilimlarini oshirish, ularning to‘la bandligini  ta’minlash, ish beruvchilar tomonidan sun’iy va asossiz ravishda ishdan bo‘shatish holatlarini oldini olish, yoshlarning mehnat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsad qilib qo‘yilgan.Korxonalarda o‘tkazilgan seminarlarda 2945 dona O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan buklet va qo‘llanmalar tarqatildi.

ҚМИИ 04 ҚМИИ 01 ҚМИИ 08

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!