Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

«Mehnat huquqi»ga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi.

    Joriy yilning 17 may kuni TATU Qarshi filialida yosh xodimlar, magistrlar va bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida Mehnat huquqiga bag‘ishlab o‘tkazilgan o‘quv-seminar qizg‘in baxs-munozaralar va savol javoblarga boy bo‘ldi. Seminarda yoshlar mehnatini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligining asosiy meyorlari, jamoa shartnomasi va yoshlar mehnat huquqlari, mehnatni muhofaza qilishga oid meyoriy hujjatlar yuzasidan fikr-mulohazalar birdirildi. Mazkur yo‘nalishdagi davra suhbatlari va seminarlar joriy yilning may oyida viloyatimizdagi 206 ta korxona, tashkilot va muassasalarda ham  o‘tkazilib, ularda 10234 nafar mehnatkashlar ishtirok etdi, shundan 5435 nafari yoshlardir. Mehnat huquqiga bag‘ishlangan seminarlar orqali korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir bilimlarini oshirish, ularning to‘la bandligini  ta’minlash, ish beruvchilar tomonidan sun’iy va asossiz ravishda ishdan bo‘shatish holatlarini oldini olish, yoshlarning mehnat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsad qilib qo‘yilgan. Korxonalarda o‘tkazilgan seminarlarda 2712 dona O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan buklet va qo‘llanmalar tarqatildi. Seminarlar mahalliy ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritilib kelinmoqda.

IMG_0897 IMG_0895 IMG_0889 IMG_0898

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!