Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mehnat muhofazasi amalda.

     Energetika xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Talimarjon IES” AJda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan jamoatchi vakillar ishtirokida mehnat muhofazasi va xavfsizligi yo‘nalishida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mehnat muhofazasini tashkil etishning nozik jihatlari bor. Ushbu soha mutaxassislari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan jamoatchi vakillar bundan xabardormi? Mazkur yo‘nalishda tizimli va rejali ishlarni tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratmoq zarur. Tashkil etilgan yig‘ilishda ishtirokchilar mana shu xususda fikr yuritdilar. “Talimarjon IES” AJdagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xodimlar uchun zararsiz, munosib mehnat sharoitlarini yaratishda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi vakillar huquqlarining kafolatlari mavzusida ham mulohazalar o‘rtaga tashlandi.    Ishtirokchilarga, Mehnatni muhofaza qilish Qonuni va qonun osti hujjatlari meyorlari hamda mehnat muhofazasi va xavfsizligini ta’minlashning jamoatchilik asosidagi nazoratini tashkil etish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga aniq va batafsil javoblar berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!