Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Qashqadaryo viloyat birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tizimidagi Qashqadaryoyo‘l qurilish ta’mirlash unitar korxonasi hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan korxonada o‘tkazilgan mehnatmuhofazasi bo‘yicha davra suxbatida, mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa meyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat- salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari tizimlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Suxbat davomida ishni bexatar olib borish bo‘yicha yo‘riqlardan o‘tkazilishi va ushbu haqida maxsus jurnalga qayd etilishi lozimligi, xodimlar o‘zlarining malakasi va ish stajidan qat’iynazar, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishjoyida “Dastlabki” vaharchorakda “Davriy” yo‘l-yo‘riqnomalar olishligi aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, “Mehnatni muhofaza qilish Qonuni”ni chuqur o‘rganish hamda “Pensiya ta’minoti va pensiya ta’minotidagi yangiliklar to‘g‘risida” mutaxassis ishtirokchilar tomonidan tushunchalar berildi.