Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

MEHNAT MUHOFAZASI SOHASIDA

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, xodimlarga xavfsiz, qulay mehnat sharoitlarini yaratish,   ularni sifatli maxsus kiyim-bosh, poyafzal va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, korxona, tashkilot va muassasalardagi mehnat muhofazasi holatini yaxshilash, bu borada ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish va xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini yanada takomillashtirish ishlariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan yil sayin e’tibor kuchayib bormoqda.Buni, ijtimoiy hamkor tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi mehnat va  aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida tasdiqlangan “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi” misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.Ushbu “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Qarshi “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyatida   “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Qashqadaryo mintaqaviy inspeksiyasi bilan hamkorlikda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, xodimlar uchun xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish hamda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.Mazkur o‘quv-seminarda “Qashqadaryodon” AJ, Qarshi “Dunyo-M” AJ, Shahrisabz “Don-xalq rizqi” AJ, Koson “Don mahsulotlari qabul qilish” MCHJ hamda Kasbi, Nishon, G‘uzor, Qamashi, Mirishkor va Mirishkor  tumanlaridagi don qabul qilish va qayta ishlash shaxobchalarining kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari ishtirok etdi. O’quv-seminarda ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, mehnatkashlarning mehnatini  munosib tarzda muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va ekologik toza ish sharoitlarini yaratish,  korxona va tashkilotlarning jamoa shartnomalari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Bitimlarida aks ettirilgan xodimlarga qulay mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarish uchun yetarli mablag‘ ajratilishi va bu borada ish beruvchilarning yanada mas’uliyat bilan faoliyat olib borishiga erishish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.Korxonalardagi ish o‘rinlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabdagi 263-son qaroriga binoan mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi 177-sonli qaroriga binoan sug‘urta ishlarini amalga oshirish, xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi Hay’ati va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 1995 yil 14 dekabrdagi 60-sonli va 8/3- sonli qo‘shma qarorlariga   asosan mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan jamoatchi vakillarning faoliyatini kuchaytirish ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalarining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.O‘quv-seminarda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Qashqadaryo mintaqaviy inspeksiyasi vakillari so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qiziqtirgan  savollarga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, seminar davomida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan don qabul qilish va uni qayta ishlash korxonalarida mehnat muhofazasi holati va sanoat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro tajribalar almashildi.Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari uchun seminarning amaliy qismi tashkil etilib, unda ishtirokchilar Qarshi “Dunyo-M” aksiyadorlik jamiyatining tegirmon sexi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Sexdagi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy ishlar, ishchi-xodimlarga yaratilgan qulayliklar seminar ishtirokchilari tomonidan qizg‘in e’tirof etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!