Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mehnat muhofazasi sohasida

    Kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri xodimlar mehnatini muhofaza qilish va bunda, albatta, asosiy e’tiborni profilaktika ishlariga qaratish masalasi alohida o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, mehnat muhofazasi sifati va samaradorligini oshirish borasida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

    Joriy yilning 11 fevral kuni “Qashqadaryo neft- gaz qurilish” aksiyadorlik jamiyatida viloyat hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi, “Sanoatgeokontexnazorat” va “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyalarining Qashqadaryo viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda “Ko‘p qavatli uy-joylar, namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar va ijtimoiy soha obyektlari qurilishida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilish” mavzusida viloyatdagi tegishli mutassaddi va quruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida amaliy o‘quv-seminari tashkil etilib, qurilish maydonlarida ishlarni xavfsiz tashkil etish, yuk ko‘tarish mexanizmlari va yuk kranlari bilan ishlash hamda ularni montaj qilish, xodimlarni maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash yuzasidan ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida ish joylarini xavfsiz tashkil etish, xodimlarni tegishli shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha namunaviy ko‘rgazma tashkil etildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!