Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mehnat muhofazasi sohasida amalga oshirilgan ishlar

    2015 yil davomida korxona,  tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar va ularning oldini olish hamda baxtsiz hodisa sababli mehnat nogironi bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga zarar to‘lovlarini o‘z muddatida to‘lash borasida ish beruvchilar va kasaba uyushma qumitalari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 maydagi 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalarini 2014-2016 yillarda amalga oshirishga doir qo‘shimcha tadbirlar kompleksi”ning 30-bandida belgilangan vazifalarni bajarish hamda fermer xo‘jaliklarida xalqaro mehnat standartlarini tadbiq etish, xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ish beruvchilarning bilim darajasini yanada oshirish maqsadida 2015 yilning fevral oyida tumanlarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun “Korxona va tashkilotlarda xalqaro mehnat standartlarini tadbiq etish, mehnat munosabatlarini tartibga solish va xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish“ mavzusida o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Ushbu o‘quv-seminarlarda 2095 nafar fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘qitildi.

Xodimlar mehnatini muhofaza qilishni tashkil etishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 2015 yil 18 mayda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashma kengashi tomonidan ijtimoiy hamkor tashkilotlar va davlat nazorat organlari bilan hamkorlikda “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi” tasdiqlandi.

Ushbu harakat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zgeoburg‘uneftgaz” AK qarashli “Minora qurish ekspeditsiyasi” AJda hamda agrosanoat majmui tizimidagi Qarshi “Dunyo-M” aksionerlik jamiyatlarida ishlab chiqarishdagi zararli omillarni kamaytirish, sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarining oldini olish mavzusida o‘quv-seminarlari tashkil etildi. Ushbu o‘quv seminarlar “Ishonch” gazetasi sahifalarida yoritildi.

Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni kamaytirish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishning oldini olish bo‘yicha belgilangan profilaktik chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida mehnatda jarohatlanishlar soni 2014 yilga nisbatan 20 foizga qisqarib 16 tani tashkil etdi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!