Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

“Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” mavzusida seminar o’tkazildi.

  Joriy yilning 2 dekabr kuni “Gissarneftgaz” MCHJ qo‘shma korxonasida “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi” doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda tadbir ishtirokchilari uchun mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligiga oid namunali ko‘rgazma ham tashkil etildi.

  Korxona, tashkilot va tashkilotlarda xodimlar va atrof-muhitga ta’sir etuvchi zararli omillarni kamaytirish, sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish, bu borada ish beruvchilarning mas’uliyatini zamon talablari darajasida oshirish, zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini ta’minlash, ishlovchilarni maxsus kiyim, poyafzal hamda jamoaviy himoya vositalari, davolash-gigiyena mahsulotlari bilan bepul ta’minlanishi bo‘yicha davlat va jamoat nazoratini olib borishda hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi” doirasida “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi Qashqadaryo mintaqaviy inspeksiyasi, viloyat mehnat boshqarmasi hamda viloyat davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazining mas’ul xodimlari, viloyatdagi yirik sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muhandislari va kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.
Seminarda so‘zga chiqqanlar mehnatkashlarning mehnatini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, korxona va tashkilotlardagi mehnat muhofazasi holatini yaxshilash, xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini yanada oshirish, ularni sifatli maxsus kiyim-bosh, poyafzal va jamoaviy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish va mehnatni muhofaza qilish sohasida jamoatchi vakillarning nazoratini kuchaytirish ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparatining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan tayyorlangan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi vakillarning ish faoliyatini tashkil etish va mehnat muhofazasiga oid roliklar namoyish etilib, seminar ishtirokchilari faoliyati namunali tashkil etilgan “Gissarneftgaz” MCHJ qo‘shma korxonasida xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi vakillar ish faoliyati bilan tanishtirildi. “Mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi” doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi” mavzusida tashkil etilgan mazkur seminarda bildirilgan fikrlar, olingan taasurotlar va belgilangan vazifalar viloyatimizdagi har bir korxona, tashkilot va muassasalarda ishlovchi xodimlarning xayoti va sog‘ligi ustuvorligiga erishishda hamda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.

img_4534 img_4531 img_4524 img_4513 img_4501 img_4467 img_4465 img_4461 img_4412

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!