Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari faollarining viloyat hokimligi, boshqarmalar, idoralar, hamkor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida Davra suhbati 2015 yilning 18 dekabr kuni soat 10 00 da viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi majlislar zalida o‘tkazildi. Davra suhbatida viloyat hokimligi, Markaziy bankning Qashqadaryo viloyati Bosh boshqarmasi, viloyat moliya boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi, viloyat halq ta’limi boshqarmasi, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ombudsmanning mintaqaviy vakilligi, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi, viloyat Fermerlar Kengashi, viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasidan vakillar hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashidan vakil bo‘lib O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining raisi M.Ziyayev jami 64 nafar kishi ishtirok etdi.Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E. Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.E.Rajabov o‘z so‘zida Davra suhbatidan asosiy maqsad viloyat mehnatkashlarining ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini yanada yaxshiroq himoya qilish, Yurtboshimiz rahnomaligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub mohiyatini targ‘ib qilishni yanada kuchaytirish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar belgilab olishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Kasaba uyushmalari faoliyatining asosini ijtimoiy sheriklik tashkil etadi. Chunki xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish ishlarining samaradorligi aynan ijtimoiy sheriklikning amalda qay darajada o‘z ifodasini topayotganiga bog‘liqdir.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov kirib kelayotgan yangi – 2016 yilni mamlakatimizda “Sog‘lom ona va bola” yili deb e’lon qildi. Shu bois kasaba uyushmasi tashkilotlari yetakchilari ish beruvchilar bilan maslahatlashgan holda harakatdagi va yangidan tuzilayotgan jamoa shartnomalariga ayolarni ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarni hozirdanoq kiritish choralarini ko‘rib, ularni yil davomida bajarilishini ta’minlashlari lozim.Davra suhbatida ko‘tariladigan muammolarning o‘z yechimini topishi mehnatkashlarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada yaxshiroq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Provard natijada ishlab chiqarish rivojlanadi, mehnatkashlarning daromadlari oshadi, aholining turmush farovonligi ortadi, oilalar va xonadonlar obod bo‘ladi.Sizlar bu borada o‘zlaringizni qimmatli fikr va mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashib, o‘z fikrini bildirib o‘tdi.Ma’ruzalardan so‘ng Davra suhbatining kun tartibiga ko‘ra joylarda jamoa shartnomalarini muhokama qilish jarayonida hamda joriy yilning 10-15 dekabr kunlari shahar, tumanlarda “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida o‘tkazilgan Davra suhbatlarida ishchi-xizmatchilar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasiga oid taklif va muammolar yuzasidan savol va javoblarga o‘tildi (savol va javoblar matni ilova qilindi).“Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida o‘tkazilgan Davra suhbatida ko‘tarilgan muammolar va ularni bartaraf etish yechimlari yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olinmoqda. Shuningdek, kelgusida joylarda yuzaga kelgan muammolarning yechimlarini topish yuzasidan viloyatdagi boshqarmalar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorlikda Davra suhbatlarini muntazam o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.Shuning bilan “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati o‘z ishini yakunladi.