Mamlakatimizda mehnat sohasining barcha yo‘nalishlarida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni rag‘batlantirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoya tizimlarini kengaytirish bo‘yicha Hukumat darajasida tizimli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Respublikamizda mehnat sohasida ta’sirchan davlat va jamoatchilik nazorati amalga oshirish uchun davlat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari o‘rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqatlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida imzolangan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid Bosh kelishuv mazkur yo‘nalishlardagi ishlarning samaradorligini ta’minlashda asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Bosh kelishuv hamda mintaqaviy kelishuv ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 22 noyabr kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni muhokama qilish uchun viloyat hokimligi, hamkor tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida kasaba uyushmalari faollari bilan “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida Davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov kirish so‘zi bilan ochib, ananaga aylangan ushbu davra suhbati juda dolzarb mavzu yuzasidan o‘tkazilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Davra suhbati kun tartibida kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘yidagi ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining viloyatda bajarilishining daslabki natijalari to‘g‘risida viloyat investitsiyalar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Xo‘jayevning, Aholi bandligini ta’minlash ishlarini va mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish masalalari to‘g‘risida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i I.Norqulovning, Budjet tashkilotlarida ish haqi, ijtimoiy himoya hamda mehnat muhofazasi ishlarini moliyalashtirish masalalari to‘g‘risida viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Maxmadaliyevning, Kasaba uyushmalari, ish beruvchilar birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida tuzilgan mintaqaviy kelishuvning bajarilishini daslabki natijalari to‘g‘risida birlashma kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri A.To‘rayevlarning ma’ruzalari tinglandi.
Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda ish beruvchilar bilan xodimlarning vakillik organi hisoblangan kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalarining bajarilishini muhokama qilish jarayonida ishchi xizmatchilar tomonidan ko‘tarilgan aksariyat dolzarb muammolar yechimi shu yerning o‘zida topildi. O‘z yechimini topmagan ayrim masalalar esa Respublika darajasida o‘tkaziladigan Davra suhbatida muhokama etilishi uchun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga ma’lum qilinishi belgilab olindi.