Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mehnatkashlar va ularning oila a’zolari kasaba uyushmalari e’tiborida

         Oila – hayot abadiyligi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi qadriyatlar beshigi, kelajak nasllar uchun betakror tarbiya maskanidir. Sport va sog‘lom oila esa – sog‘lom bola va sog‘lom jamiyat asosidir.

Bizning mustaqil yurtimizda ham oilaga bo‘lgan e’tibor azaliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar bilan chambarchas bog‘langan holda ko‘zga tashlanadi. Oila, jamiyat va davlat tushunchalari doimo uyg‘unlikda, mushtarak holda tilga olinadi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mamlakatimizdagi eng yirik  jamoat tashkilotlardan biri hisoblanar ekan, ularning mehnat jamoalarida xodimlar o‘rtasida sport-sog‘lomlashtirish ishlarni amalga oshirishdagi roli katta ahamiyatga egadir.

Kasaba uyushmalari mehnat jamoalarida insonning o‘zi o‘z salomatligiga mas’ul ekanligini ularning ongiga singdirishi va sport-sog‘lom turmush tarzi ularning kundalik xayot tarziga aylantirishiga ko‘maklashishi lozim.

Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalarida xodimlar salomatligini mustahkamlash maqsadida joriy etilgan xodimlar gimnastikasi va turli sport tadbirlari nafaqat xodimlar, balki ularning oila a’zolari uchun ham juda foydali bo‘lmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan oilaviy sport musobaqalari ham xodimlar va ularning oila a’zolarini jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishini oshirish,  ayniqsa, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali oila a’zolarining o‘z salomatligiga mas’uliyat hissini oshirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” nomli spartakiada musobaqalarining I-bosqichi joriy yilning 26-27 aprel kunlari 288 nafar qatnashchilar ya’ni, jami 96 ta oilalar ishtirokida shahar, tuman miqyosida tasdiqlangan grafik asosida sportning “Yugurish, akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish”, “Chaqqonlik va merganlik” estafetasi, “Mohir hujumchi”, “Ovchilar va quyonlar” uyini, “Qaddimizni rostlaymiz, sakrashni boplaymiz”, Tezlik estafetasi, Epchillik estafetasi, Arqon tortish kabi 6 turi bo‘yicha o‘tkazildi.

Musobaqalarning II – viloyat bosqichi 3 may kuni Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab-internatida o‘tkazildi. Bunda shahar va tumanlardan jami 45 ta qatnashchilardan iborat 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Spartakiadaning viloyat bosqichida 1-o‘rinni Nishon tumani jamoasi, 2-o‘rinni Shahrisabz shahri jamoasi, 3-o‘rinni Shahrisabz tumani jamoasi egallashdi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, qolgan barcha jamoalar ham  “Eng chaqqon oila”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak oila”, “Eng faol oila” nominatsiyalari bo‘yicha birlashma kengashining diplom  sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!