Insonning insonga qon topshirishdek oliy darajadagi hadyasi bo‘lmasa kerak. Bu orqali kimgadir hayot bag‘ishlash – eng savob ishlardan biri sanaladi. Sog‘lom kishi uchun qon topshirish mutlaqo xavfsiz. Sababi, inson organizmida odatda 4,5-5 litr qon bo‘ladi va undan 200 yoki 400 ml olinadi. Organizmda esa kamaygan qon miqdorini 36 soat ichida to‘liq tiklab olish xususiyati mavjud. Eng muhimi, arterial gipertoniya xastaligining oldini olish, moddalar almashinuvini yaxshilash va immun tizimini mustahkamlashda qon topshirishning ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyumalari Federatsiyasining Qashqadar viloyat Kengashi tizimida 2025 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturining 23-bandiga asosan 2025-yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi. Yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu beg‘araz tadbirda Kengash tizimda faoliyat olib borayotgan ko‘ngilli yosh xodimlar munosib ishtirok etishdi.
