O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-348-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “15-fevral – Saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan “Men donorman” aksiyasining tashkil etilishi ham kasallikka chalingan bolarning sog‘lom hayotgan qaytishida muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
“15-fevral – saraton kasalligiga chalingan bolalar kuni” munosabati bilan 2024-yilning 15-fevral sanasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan “Bolalarga-umid bag‘ishlab” shiori ostida “Men donorman” aksiyasi o‘tkazildi.
Viloyat qon quyish markazida tashkil etilgan xayriya tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi xodimlari, birlashgan kasaba qo‘mitalari kasaba uyushmasi faollari, boshlang‘ich kasaba qo‘mitalari hamda ko‘ngilli yoshlar aksiyada faol ishtirok etishdi.