Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Milliy monitoring yakunlari to‘g‘risida

      Joriy yilning 25 sentabridan 1 noyabriga qadar viloyatda paxta yetishtiruvchi tumanlarda 2019 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring o‘tkazishga tuzilgan ishchi guruhi tomonidan monitoring ishlari olib borildi. 2019 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratish, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan joylarda o‘tkazilgan Monitoringda 30 marta  paxta yetishtiruvchi tumanlarga tashrif byurildi. Xususan, Monitoring guruhi tomonidan jami 4290 km yo‘l bosib o‘tilib, 36 ta fermer xo‘jalaklariga, 2 ta kasb-hunar kollejiga, 1 ta akademik litseyga, 30ta umumiy ta’lim maktablariga, 7 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga, 1tadan QFY va MFYga, 12 ta tibbiyot muassasalariga tashrif buyurildi. Milliy monitoring o‘tkazishga tuzilgan ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi ta’lim muassasalariga tashrif byurilganda o‘quvchilarning o‘rtacha davomati 95 foizni tashkil etdi. Monitoring jarayonida paxta dalalalarida voyaga yetmagan yani 18 yoshga to‘lmagan bolalarni o‘zboshimchalik bilan kattalarning nazoratisiz paxta terish holatlari aniqlanmadi.

Shuningdek, aholi gavjum joylarda bolalar mehnati va majburiy mehnati taqiqlanishi hamda paxta yig‘im-terimiga fuqarolarni erkin yollash (ommaviy oferta) to‘g‘risidagi e’lon va bannerlar joylashtirilganligiga e’tibor qaratildi

Hududiy Monitoring guruhi a’zolari tomonidan tuman hokimlari, fermer xo‘jaliklari, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari rahbarlari e’tiboriga quyidagilarga yetibor qaratish lozimligi tushintirildi. Jumladan, fermer xo‘jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuziganligi, terimchilar ixtiyoriy jamoasi va fermerlar kengashi o‘rtasida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomasini tuzilganligi, terimchilar ixtiyoriy jamoasi (otryadi) rahbarini saylash bo‘yicha yig‘ilish bayonlari tuzilganligi, tumanlar, shaharlar hududida, aholi gavjum joylarda paxta yig‘im-terimiga fuqarolarni erkin yollash (ommaviy oferta) to‘g‘risidagi e’lonlar, bannerlar joylashtirilganligi, barcha aholi punktlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi muassasalarida va davlat tashkilotlarida Xalqaro Mehnat Tashkilotining 182- va 105-konvensiyalariga binoan bolalar mehnati va majburiy mehnat taqiqlanishi to‘g‘risida e’lonlar joylashtirilganligi, Xalqaro Mehnat Tashkilotining majburiy mehnatga va bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berishga doir Konvensiyalari bajarilishi borasida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borilayotganligi, paxta yig‘im-terimi davrida terimchilarni ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari binolarida joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari va sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlarini paxta yig‘im-terimiga jalb qilmasligi to‘g‘risida ko‘rsatma lar berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!