Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mini-futbol sport musobaqasi o’tkazildi.

    O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi tuman kengashining 2019 yillik ish rejasi hamda 2019 yil 14 martdagi 16/21 “s” sonli rayosat qaroriga asosan, joriy yilning 23 mart kuni  Beshkent markaziy o‘yingohida Qarshi tuman ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog va ishchi xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada barcha ta’lim muassasalaridan 287 nafar sportchilar 41 ta jamoaga bo‘linib,g‘oliblik uchun kurashdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra 6 maktab jamoasi 1 o‘rinni, 47 maktab jamoasi 2 o‘rinni, 17 maktab jamoasi esa 3 o‘rinni egalladilar. G‘oliblar hamda eng faol ishtirok etgan 6 nafar sportchilar tuman kengashi tomonidan tashkil qilingan  esdalik sovg‘alari va diplomldari bilan taqdirlandilar.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!