Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Mini futbol turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Ichki ishlar bo‘limi soha xizmatlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi.

Ichki ishlar organlari xodimlarini jismonan chiniqtirish maqsadida tashkil etilgan qizg‘in va murosasiz bahslarda 1-o‘rinni bo‘lim soha xizmat boshliqlaridan iborat jamoa, 2-o‘rinni Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xodimlaridan iborat jamoaga, 3-o‘rinni yo‘l harakati bo‘linmasidan iborat jamoa qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari bo‘lim boshlig‘ining «Kubok», Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!