Malumki, 2017 yilning 12 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Aholining kam taminlangan qatlamini qo‘llab quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3268 sonli qarori qabul qilingan edi. 2017 yilda mazkur qaror asosida Mirishkor tumanida hududiy manzilli dastur ishlab chiqildi va 2017-2018 yillarda ijrosini to‘liq taminlanishiga harakat qilindi.
O‘tgan davrda Mirishkor tumanidagi ehtiyojmand oilalarning 150 nafar vakillariga dasturda belgilanganidek maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, muzlatgichlar va boshqa xil elektr maishiy jihozlari) olib berildi. Ikki yilda og‘ir kasallikka chalingan, davolanish uchun moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan 12 nafar bemor qariyb 40 million so‘mga yaqin narxdagi dori-darmon vositalari bilan taminlandi. 2017 yilda 10ta, 2018 yilda 25 ta ehtiyojmand oilaning turar joylari tamirlab berildi. Bu maqsadda 350 million so‘m sarflandi.
Tumandagi uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan , kam taminlangan oilalarning 4 nafariga uy-joylar sotib olib berildi. Vori qishlog‘ilik Iskandar Xudoyqulov, Chamanzor qishlog‘ilik Saida Rajabova, Guliston qishlog‘ilik Safarali Sattorov va Suhrob Mavlonovlar Prezidentimiz tashabbusi bilan uy-joyli bo‘lganliklari uchun Davlatimiz va Hukumatimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildirdilar.