Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

  Mohir kasb egalari – taraqqiyot poydevori

          O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida  joriy  yilning avgust oyida “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirining 1-bosqichi o‘tkazildi.

       “O‘z kasbining mohir egalari”ni aniqlash jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilarning muayyan bir sohada ko‘p yillar mehnat qilgan tajribali mutaxassislar bo‘lganligi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelganligi, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari, yaratgan yangiliklari, yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatib, shogirdlar tayyorlaganligi, mehnat jamoasi orasidagi obro‘-e’tibori, jamoatchilik ishida faol ishtirok etayotganligi, mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashiga diqqat e’tibor qaratildi.

        Boshlang‘ich tashkilotlarda “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirini o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning xulosalariga asosan e’tirof etilgan g‘oliblarning faoliyatiga oid tuman kengashiga taqdim etilgan hujjatlar asosida joriy yilning 12 sentabr kuni “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbirining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirining tuman bosqichini o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning xulosasiga tumandagi  1-DIMI ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Berdiyeva Dilnoza “Eng mohir o‘qituvchi” hamda 1-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Turopova Dilso‘z “Eng mohir tarbiyachi”  nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb e’tirof etildi.

       “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash tadbiri g‘oliblari va faol ishtirokchilari tuman kengashi tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!