Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Muborak tumanida “Prezident e’tibori –muruvvat tadbirlarida” shiori ostida sunnat to‘yi o’tkazildi.

    Joriy yilning 22 aprel kuni soat 13-00 dan 15-00 gacha Muborak tumanidagi “Muborakneftgaz” MCHJga qarashli choyxonada “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 37 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi.
Tadbir viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi vakili to‘yni o‘tkazish yuzasidan tuzilgan tuman hokimligi ishchi guruhi a’zolari tomonidan namunali tarzda tashkil etildi.
To‘yxona shiorlar, ibratli so‘zlar shar va har xil bezaklar o‘rnatilib, bayramona bezatildi.
To‘y bolalar uchun kiyim-kechak sifatida bir xil andozadagi zar chopon, salla, qars, kostyum-shim, ko‘ylak, galstuk, ichki kiyim va poyafzal, ya’ni har bir bolaga 377000 so‘mdan jami 13 mln. 949 ming so‘mlik kiyim-kechaklar olib berildi.
Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dolli Hakimovich Allayev, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, tuman hokimi G‘ayrat Choriyevich Djavliyev hamda tuman jamoatchilik vakillari va to‘y bolalarning ota-onalari, qarindoshlari jami 445 nafar kishi ishtirok etdi.
To‘yda Qarshi shahridan tashrif buyurgan san’atkorlar, jumladan “Otajon Xudoyshukurov” Respublika ko‘rik tanlovi soxibi xushovoz xonanda Yoqubjon Yomg‘irov va tuman madaniyat bo‘limi xonanda, sozanda va raqqosalari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dolli Hakimovich Allayev, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Esonboy Rajabov, tuman hokimi G‘ayrat Choriyevich Djavliyevlar so‘zga chiqdilar.
To‘y tantanalari jarayonida 37 nafar to‘y bolalarga ularning nomiga xalq bankining tuman bo‘limi tomonidan omonot daftarchalari ochilib, 1 million so‘m mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari hamda “Men O‘zbekiston fuqarosiman” va “Ikki donishmand” kitoblari “Prezident sovg‘asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi.
«O‘ztelekom» AK Muborak tuman filialli mutaxassislari tamonidan to‘y o‘tadigan joyga LED ekranlari o‘rnatildi. Ekranlar orqali to‘y jarayonlari namoyish qilib borildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!