Joriy yilning 9 oktyabr kuni Qarshi shahridagi «Do‘stlik uyi»da 7 oktyabr – «Butun jaxon munosib mexnat kuni» ga bag‘ishlab “Munosib mehnat-munosib hayot asosidir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimligi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi (O‘zNNTMA), viloyat prokuraturasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ul vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida mehnat inspeksiyalari kasaba uyushmalari va ish beruvchilar hamkorlikni mustahkamlash ish beruvchilar tomonidan xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida mas’uliyatini oshirish ishlarini to’g’risida taklif va mulohazalar almashinildi.