Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Munosib mehnat haftaligi davom etmoqda.

   Joriy yilning 10 oktabr kuni Qarshi shahar “Obodonlashtirish boshqaramasi”da  7 oktabr «Butun jahon munosib mehnat kuni» ga bag‘ishlab “Munosib mehnat-munosib hayot  asosidir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi  mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri O.Hazratqulov hamda Tadbirkorlik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari hodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati birlashga qo‘mitasi raisi I.Omonov,  Qarshi shahar “Obodonlashtirish boshqaramasi” xodimlari jami 42 kishi ishtirok etdi. Davra suhbatida viloyat kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri O.Hazratqulov tomonidan “Munosib mehnat-munosib hayot  asosidir”  mavzusida hamda mexnat soxasidagi o‘zgarish va qonunda bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirib o‘tildi. Shuningdek,  Tadbirkorlik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari hodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati birlashga qo‘mitasi raisi I.Omonov so‘z olib Xalqaro mehnat tashkilotining 187 va 148 sonli konvensiyalarini mohiyatini ishtirokchilarga atroflicha tushuntirdi. Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan javoblar berildi. 

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!