Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi

 “Munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan Davra suhbati o’tkazildi.

2006 yilda Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi tomonidan e’lon qilingan 7 oktabr Butunjahon “Munosib mehnat kuni”da 130 dan ortiq mamlakatlarda kasaba uyushmalari tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2017 yil 03 oktabrdagi 9-28 “s” sonli qaroriga asosan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tavsiyalariga binoan Davlat hokimiyati organlari, hamkor tashkilot va idoralar xodimlari bilan dolzarb munosib mehnat masalalarini muhokama qilish maqsadida Butunjahon “Munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlangan Davra suhbati 7 oktabr kuni viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat dasturiga binoan 7 oktabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar majmuini doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab har yili 7 oktabr kuni “Davra suhbati” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Davra suhbatida Davlat hokimiyati organlari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi, viloyat iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasi, viloyat fermerlar kengashi, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, kasaba uyushmalari ishini muvofiqlashtiruvchi shahar va tuman kengashlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Davra suhbatini viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

 Bugun bo‘lib o‘tayotgan Davra suhbati o‘ta dolzarb masalaga bag‘ishlangan. Munosib mehnat konsepsiyasini amalga oshirish uchun mamlakatimizda barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining Munosib mehnat konsepsiyasi quyidagi to‘rtta muhim strategik maqsadlarga tayanadi:

– mehnat sohasida asossoluvchi huquqlarni ro‘yobga chiqarish;

– bandlik va daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish;

– ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish;

– ijtimoiy muloqotni mustahkamlash.

 Mazkur sohadagi ishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinganligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining 14 ta Konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir.

Konsepsiyaga binoan mamlakatimizda munosib mehnatning jihatlaridan hisoblangan barqaror bandlikni ta’minlash, ushbu sohada barcha kamsitishlarni yo‘q qilinishiga alohida e’tibor qaratish, har bir mehnatkash bilan mehnat shartnomasi tuzilishiga erishish, xodimga uning o‘zi va oilasi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga yetarli bo‘lgan miqdorda ish haqi belgilash, ish joylarida xodimga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy himoyaning samarali tizimlarini rivojlantirish, mehnatkashlar uchun kasaba uyushmalariga birlashish, jamoa muzokaralarini yuritish va jamoa shartnomalari tuzish huquqini ta’minlash, majburiy va bolalar mehnatining barcha ko‘rinishlarini yo‘q qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Munosib mehnat nafaqat ijtimoiy adolat tamoyillarini balki, iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va rivojlanishini, jamiyatda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida yosh mutaxassislar uchun bir qator imtiyoz va kafolotlar belgilanganligi hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga qabul qilgan korxonalarga imtiyozlar berilishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalariga mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, jamoa muzokaralarini yuritish borasidagi o‘z vazifalarini bajarish uchun keng huquq va imkoniyatlar berilgan.

Bugungi kunda Bosh kelishuv asosida viloyat miqyosida 1 ta mintaqaviy kelishuv, bevosita korxona, tashkilot va muassasalarda esa 16350 ta dan ortiq jamoa shartnomalari amal qilmoqda. Kasaba uyushmalari a’zolari mehnatidan foydalanuvchi yuridik shaxslarning to‘liq  jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan qamrab olishga haraat qilinmoqda. Joylarda imzolangan jamoa shartnomalari va kelishuvlari ijrosini ta’minlash, ularning mazmun-mohiyatini davr talabi asosida zarur band va bo‘limlar bilan boyitish, bu orqali xodimlarga qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor berilmoqda.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat dasturlarini bajarish doirasida keyingi yillarda jamoa shartnoma va kelishuvlari orqali urush va mehnat faxriylariga, nogironlarga, ko‘p bolali, kam ta’minlangan va yosh oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatish, ularni madaniy dam olishlari va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish, aholini namunali loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mazkur yo‘nalishda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan viloyat mehnat boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilib, kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan hududlarda yaratilgan yangi ish o‘rinlarida mehnat qilayotgan fuqarolarning mehnat va mehnatni muhofaza qilishga oid huquqlari, ular uchun belgilangan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar, dam olish sharoitlari yaratilganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rganilib, bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida kasaba uyushma faollari tomonidan 1594 ta korxonada 13736 ta yangi yaratilgan ish o‘rinlarining haqiqatda yaratilganligi hamda mehnatni muhofaza qilish talablariga nechog‘lik javob berishi o‘rganildi.

Viloyatdagi korxona va tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlarga xavfsiz, sog‘lom ish sharoitlarini yaratish, mehnatini muhofaza qilish va texnika xavfsizligini taminlash maqsadida ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalariga asosan 2017 yilning o‘tgan davrida 14 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ mehnat muhofazasi tadbirlariga sarf etildi.

Tadbir yakunida davra suhbati ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!