Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI   Click to listen highlighted text! Welcome to O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASINING QASHQADARYO VILOYAT KENGASHI

Munosiblar saralandi.

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2018 yilda yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahoratni va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2018 yil 6 apreldagi “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o‘tkazish hamda “Yosh mutaxassislar” V respublika Forumini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-77 “s” sonli qarori xaqidagi sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27 aprel kuni “Eng faol yosh bank xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tadbiq etish orqali yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda kengash tasarrufidagi 13 ta bank muassasalaridan tanlov asosida g‘olib bo‘lgan 13 nafar yosh mutaxassislar,  boshlang‘ich qo‘mita raislari, bank boshqaruvchilari o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

 Tanlov ishtirokchilarini qutlash uchun viloyat markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i Radjabov Fayzulla Sayfullayevich tashrif buyurdilar va ishtirokchilarning barchalariga omadlar tiladi.

       Qizg‘in munozaralar asosida tashkil etilgan tanlov yakunida 1-o‘ringa Markaziy bank Bosh boshqarmasi xodimi Qurbonov Tolibjon Sobirjonovich, 2-o‘ringa ATB Ipak yuli bank Qarshi filiali xodimi Saidov Baxtiyor Hayrullayevich va 3-o‘ringa O‘z.TIF Milliy bank viloyat bo‘limi xodimi G‘offorov Abdulla Abdujalil o‘g‘li loyiq deb topildi.

      G‘oliblar shahar kengashining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email
Click to listen highlighted text!